Tunda sodir etilgan o‘g‘rilikning tongdayoq «misi chiqdi»

Tunning qoq yarmida Jondor tumani «Tinchlik» mahallasidagi xonadonlarning birida notinchlik ro‘y berdi. Xonadon bekasi D.Asadovaning to‘rt yarim millon so‘mlik taqinchoqlarini kimdir o‘g‘rilab ketibdi!
Tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Rahmatovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu jinoyat issig‘ida fosh etilgan. Uning ta’kidlashicha: «O‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida voqea joyidan olingan barmoq izlari maxsus baza orqali tekshirilib, jinoyat shu mahallada yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro A.J. gumondor tariqasida qo‘lga olingan».
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter