Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana 5 kishi qo‘lga olindi

Toshkentda yana 5 kishi qo‘lga olindi

Jinoiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan «Dolzarb 40 kunlik» profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida yana besh nafar shaxs jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxt IIBB ushlanganlar ro‘yxatini keltirdi:

Alibek Fayziyev (1985 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish);
Aziz Nurmatov (1987) — 165-modda (Tovlamachilik)ning 2-qismi;
Olimjon Amonov (1990) — 273-moddaning 5-qismi;
Bahodir Qodirov (1992) — 277-modda (Bezorilik);
Bobur Ismoilov (1992) — 277-modda 3-qismi.

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov davom etmoqda.

Ushbu shaxs yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan, ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 71−206−45−69, 71−206−49−46, 102 telefon raqamlaridan biriga yoki 99−370−73−94 Telegram manziliga murojaat qilish so‘ralgan. Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring