Toshkentda jinoyat sodir etishda gumondor qidirilmoqda

1989 yilda tug‘ilgan muqaddam bir necha marotaba sudlangan Shamsiyev A’zamjon Akimovich, jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
«Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Shamsiyev A’zamjon Akimovich haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter