Toshkentda «yevroremontchi»ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ta’mirlash ishlarini bajarishni va’da qilib, va’dasida turmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Yakkasaroy tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlariga 29 yoshli Kamila Sh. murojaat qilib, joriy yilning fevral oyida 29 yoshli Igor Yu. unga uyini 6.800 AQSh dollari evaziga ta’mirlab berishini va’da qilgan.
Ammo Igor ta’mirlash ishlarini tugatmasdan, Kamilaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan. Shundan so‘ng Kamila huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Igor pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini ma’lum qildi. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter