Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Topshiriq ijrosiga mas’uliyatsiz yondashgan mansabdor shaxs jarimaga tortildi

Topshiriq ijrosiga mas’uliyatsiz yondashgan mansabdor shaxs jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi «Farovon» MChJ (tadbirkorlik sub’yektining nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, 2023-yilda paxta hosilini sug‘orish ishlarida foydalanilgan elektr-energiyasi uchun subsidiya mablag‘larini ajratishda amaliy yordam so‘ragan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori bilan bu borada ajratiladigan subsidiyalarni ajratish tartibi tasdiqlangan.

Aniqlanishicha, tashkiliy-huquqiy ishlar yakuniga yetmaganligi sababli, 2023-yilda viloyatdagi tadbirkorlar ushbu subsidiyadan foydalana olmaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qaroriga asosan qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq 2023 yilda paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtirishda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun subsidiyalar vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan ekin maydonlarini sug‘orishga sarflangan suv miqdori uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymati bo‘yicha hisob-kitoblariga asosan, istisno tariqasida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024-yilda ajratib beriladi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024-yil 8-fevralda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarga tegishli ma’lumotlarni bir xafta muddatda taqdim qilish to‘g‘risida tegishli xat yuborilgan.

Shunga qaramasdan, ma’lumotlar vazirlikka taqdim qilinmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qonuniy talablari asosida 2024-yil 6-aprelda zarur ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilinishi ta’minlandi.

Ushbu ma’lumotlar asosida kelgusida viloyatdagi 2000 dan ortiq tadbirkorlarga 28 mlrd so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, topshiriq ijrosiga mas’uliyatsiz yondashganligi sababli, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mansabdor shaxsi O.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 197-3-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring