Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda «azart»ga berilgan bank kassiri ushlandi

Surxondaryoda «azart»ga berilgan bank kassiri ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Uzun tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini «1Xbet» onlayn o‘yinlariga ishlatib o‘zlashtirgan bank kassiri ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Uzun filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. joriy yilning fevral-mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirib, ushbu pullarni internet tarmog‘idagi «1Xbet» onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlanadi. Tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 mln so‘m qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring