Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq sud va YHXB xodimlarining «ishi» bo‘yicha tergov yakunlandi. Hademay sud boshlanadi

Sobiq sud va YHXB xodimlarining «ishi» bo‘yicha tergov yakunlandi. Hademay sud boshlanadi

Foto: «Social.riafan.ru»

Kecha Toshkent shahar ma’muriy sudining soxta qarorlar chiqarishi ortidan davlatning juda ko‘p miqdordagi mablag‘lari talon-taroj etilganiga oid xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sobiq sud xodimlariga va Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlariga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, «delo» sudga oshirildi. Jinoyat ishi mazmunan JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Zangiota tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Dastlabki sud majlisi shu yilning 11-dekabr kuniga belgilangan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida sobiq sudya va uning ikki nafar yordamchisi, shuningdek, olti nafar poytaxt IIBB YHXB xodimlari ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan.

Dastlabki tergov davrida aniqlangan 3 353 456 647 so‘m moddiy zarardan 2 991 456 647 so‘m qoplangani alohida ta’kid etiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring