Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq deputatning ozod etilishiga oydinlik kiritildi

Sobiq deputatning ozod etilishiga oydinlik kiritildi

Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining sobiq deputati Olimjon To‘xtanazarov ozodlikka chiqqani haqida xabar berilgandi.

Ushbu xabar tarqalganidan ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi unga izoh o‘laroq, o‘z bayonotini tarqatdi. Chunki, dastlabki xabarlar mazmuni jamoatchilikda go‘yoki sobiq deputat suddan oqlanib chiqqaniday tasavvur paydo qilishi ehtimolini yuzaga keltirgan edi.

Oliy sudning «Xabar.uz»ga bildirishicha, dastlabki tergovda sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan qo‘yilgan ayblov sudda 25,168-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan. Ayblovdagi yana bir modda (JK 211-modda 1-qismi) to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan, deb topilgan. Natijada sudlanuvchi har ikki modda bilan aybdor deb topilib, sud 3 yilu 1 oy ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan. Biroq bu hammasi emas. Tayinlangan jazodan sudlanuvchining  hibsda o‘tkazgan vaqti chegirib tashlanib, 3 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 2 yil 8 oy 16 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan.

Jazo tayinlashda ishning og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi jihatlariga alohida e’tibor qaratilib, sudlanuvchining oilaviy sharoiti va yagona boquvchiligi diqqatdan soqit qilinmagani aytilmoqda.

Ma’lumki, «ozodlikdan cheklash» yangi jazo turi hisoblanib, u sudlanuvchining ozodlikdan batamom mahrum etilganini bildirmaydi. Shunga ko‘ra, sudlanuvchi O.To‘xtanazarovning ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ochiqqa chiqarilgan.

Tayinlangan jazo choralari sudlanuvchining hukm ustida tegishli tartibda shikoyat qilish huquqiga daxl qilmaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring