Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rchilik Sherali Jo‘rayevning xorijga chiqishi 105 million so‘mga tushdi

Sho‘rchilik Sherali Jo‘rayevning xorijga chiqishi 105 million so‘mga tushdi

Bugun xorijga chiqishda ko‘pam muammo yo‘q. Biroq kichkina sabab oyoqqa tushov bo‘lishi mumkin. Masalan, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘lanmagan arzimas jarima, kommunal to‘lovlarda hosil bo‘lgan bir siqim qarzdorlik... Yana bir sabab borki, buni kichkina muammo deb bo‘lmaydi: aliment! To ushbu majburiyat oxirigacha ado etilmaguncha qarzdor mamlakat tashqarisiga qadam qo‘ya olmaydi.

Taqdir ekan: sho‘rchilik Sherali Jo‘rayev va turmush o‘rtog‘ining umr yo‘llari ayro tushdi. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolik sudi uning hisobidan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga voyaga yetmagan farzandi uchun ma’lum miqdorda aliment to‘lash majburiyatini yukladi. Alimentni vaqtida to‘losh masalasida jiddiy muammo yo‘qku-ya, biroq xorijga chiqish uchun majburiyat to‘la ado etilishi talab qilinadi-da.

Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tuman bo‘limi xodimlari bu haqda mashhur hofiz adashiga to‘la tushuntirish bergach, masala yechildi. Sherali Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini  (105 million so‘m) «bir zarbda» to‘lab qo‘ydi.

Endi cheklov bekor qilinadimi?

Bo‘lmasa-chi? Oq yo‘l! — deyishdi MIB xodimlari xursand bo‘lib. Nega xursand bo‘lmasin?! Bitta ijro ishi yopilyapti, qolaversa, MIBchilar uchun aliment undiruviga oid ishdan g‘urbatli yumush yo‘q. Alimentni vaqtida to‘lamay yurganlar kam emas-da. Ularning orqasidan chopib yurish osonmi?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring