Samarqandda 17 kishi qimor ustida ushlandi
2021-yil 5-dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Samarqand shahar IIO FMB xodimlari homkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida Samarqand shahar «Xumo» mahallasida joylashgan choyxonada 17 nafar fuqaro qimor o‘yinlarini tashkil qilib, o‘ynayotganligini aniqlangan.
Olib borilgan surushtiruv ishlari natijasida, ushbu o‘yin shu mahallada yashovchi 1958-yilda tug‘ilgan X.O. tomonidan tashkil qilib kelinganligi ma’lum bo‘lgan.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida o‘yinchilar tomonidan qimor o‘yini uchun tikilgan jami 718.000 so‘m pul, 100 dona karta kalodalari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter