Saidaziz medgorodok va boshqalarga nisbatan sud boshlandi
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliyev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi M. Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar S. Saidaliyev, M. Mirxodjayev, Sh. Samiyev, A. Akramov, I. Satvaldiyev, F. Alimov, R. Bobonazarov, L. Shomurodov, N. Tulyaganov, Sh. Quvatov, G‘. O‘rinboyev, U. Maxmudov, A. Nurmatov, B. Erkinov, A. Yuldashev, S. Usmonov, D. Umirzakov, T. Abdumalikov, D. Badalov, U. Raximov, D. Xoshakov, Z. Qayumov, B. Muminov, D. Yunusov, D. Sultanov, B. Samadov, X. Riskiyev, B. Rahmonov va Yo. Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
28 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» va 1 nafariga «munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.
Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter