Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilishdagi talon-torojliklar aniqlandi

Qurilishdagi talon-torojliklar aniqlandi

Andijondagi «SES» binosi va Izboskan tumani va Termiz shahridagi ikki maktab binosini ta’mirlash bahonasida millionlar o‘marilgani fosh bo‘ldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «X.b.» MChJ rahbari M.J. viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 3 ta shartnoma bo‘yicha to‘lovga taqdim etilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish yo‘li bilan 361,6 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.B.» ko‘p tarmoqli qurilish ta’mirlash korxonasi rahbari Sh.R. «Ya.b.» IK mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha to‘lov hujjatlariga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 309,5 mln so‘mni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, «F.S.» MChJ rahbari X.A. shahar Xalq ta’limi bo‘lim mudiri O.S. bilan oldindan til biriktirib, hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlarini to‘liq bajarmasdan turib, amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 247,1 mln so‘mni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring