Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda ham IIBdan odamning o‘ligi chiqqani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda ham IIBdan odamning o‘ligi chiqqani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Baxtiyar Dauletmuratov Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektori Salamat Baymuratov tomonidan olib ketilib, tuman IIBda tan jarohati yetkazilgani sababli vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshladi.

Ma’lum qilinishicha, Taxiatosh tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum B.Dauletmuratovning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

«Tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqaroni kaltaklab o‘ldirgan profilaktika inspektorining yordamchilari qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring