Qidiruvdagi bolalar Toshkent viloyatidagi daladan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 06.06.2022 yildagi karzdor S.O‘.dan undiruvchi T.M. qaramog‘iga 15.04.2009 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 14.04.2011 yilda tug‘ilgan T.M.larni olib berish haqidagi ijro hujjati yuzasidan byuroning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan va qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin, qarzdor S.O‘. sud qarorini ijrosini ta’minlamasdan, ikki nafar farzandini yashirib qo‘ygan.
Davlat ijrochisi tomonidan 2 nafar bolani qidirib topish uchun 02.07.2022 yil kuni qidiruv e’lon kilingan.
Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan 07.07.2022 yil kuni olib borilgan tezkor qidiruv natijasida, qarzdor farzandlari bilan Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Avangard qishlog‘idagi dalalarda kapada yashab, dehqonchilik qilayotganligi aniqlangan.
IIB xodimlari bilan hamkorlikda farzandlar Uchko‘prik tumaniga olib kelingan va undiruvchining qaramog‘iga olib berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter