Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibraylik erkak o‘z ayolini $1500 evaziga o‘ldirish uchun buyurtma berdi

Qibraylik erkak o‘z ayolini $1500 evaziga o‘ldirish uchun buyurtma berdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaro 1500 AQSh dollari evaziga sobiq turmush o‘rtog‘i o‘limini tashkillashtirmoqchi bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib «UzNews.uz»ning xabar berishicha, 11 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yu. ariza bilan murojaat qiladi. U o‘z arizasida tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. sobiq turmush o‘rtog‘i 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M.ni o‘ldirishi uchun unga 1500 AQSh dollari va’da qilayotgani xaqida ma’lum qiladi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 13-fevral kuni soat 20:00da B.Yu. buyurtmachi D.A. bilan uchrashib, unga qotillik jinoyati sodir etilganligi sahnalashtirilgan foto suratlar hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasi berilganidan so‘ng buyurtmachi  D.A. ishni bitirganligi uchun fuqaro B.Yu.ga kelishilgan puldan 400.000 so‘mini berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro D.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring