Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo moliyaviy nazorat boshqarmasi mas’ul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo moliyaviy nazorat boshqarmasi mas’ul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi maktab direktorlari va Xalq ta’limi bo‘limi hisobchilari asossiz qayta-qayta bo‘layotgan tekshiruvlardan noroziligi» haqidagi videoyozuv yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi telegram kanalida rasmiy bayonot berildi.

Xabarga ko‘ra, viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarma taftishchilari O.Sulaymonov va boshqalar tomonidan Dehqonobod tumanidagi jami 68 ta maktabning 2018-yil yanvar oyidan 2019-yil iyul oyiga qadar bo‘lgan davrdagi moliyaviy faoliyatini tekshirmasdan, go‘yoki muqaddam tekshiruvdan o‘tganligi vaji asosida ro‘yxatga olinmagan dalolatnomalar asosida hujjatli taftishni yakunlab, moliyaviy qonunbuzilishga sharoit yaratib berishgan.

Ya’ni, Dehqonobod tumani XTBga qarashli maktablar faoliyatini taftishdan o‘tkazish uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari va Davlat moliyaviy nazorat taftish xodimlari maktablarni moliyaviy faoliyatini oxirgi tekshirishdan keyingi davri taftishdan o‘tkazilgan.

Mutaxassislar tomonidan maktab direktorlari va hisobchilari qo‘lida bo‘lgan soxta dalolatnomalarga tayanilib, 2018-yilning 1-yanvar oyidan 2019-yilning 1-iyul oyiga qadar bo‘lgan davr tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokurorining o‘rinbosari U.S’dullayev tomonidan 12.12.2020-yilda Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi mas’ul xodimlariga nisbatan JKning 208-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani haqida aytib o‘tiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring