Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prorektor o‘yinlari, qalbakilashtirilgan til sertifikatlari, asossiz to‘langan stipendiyalar...

Prorektor o‘yinlari, qalbakilashtirilgan til sertifikatlari, asossiz to‘langan stipendiyalar...

Foto: Xabar.uz

Buxoro davlat tibbiyot institutida nimalar bo‘lmoqda?

Prorektor olgan «pora»sini qaytarayotganda ushlandi

Prorektor 5 oy ilgari olgan porasidan bir qismini qaytarayotganda, qo‘lga olindi.

Huquq-tartibot organi vakilining «Xabar.uz»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida  Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori institut tayanch doktarantining ilmiy ishlari ko‘maklashish evaziga olgan puldan ulushni qaytarib berayotganda, qo‘lga olingan.

Holat Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Bildirilishicha, fuqaro F.A. Buxoro davlat tibbiyot institutining ilmiy ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.S. ustidan shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, M.S. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, institutning fiziatriya bo‘limi assistenti F.A.ning doktoranturada o‘qishida, kelajakda uni qo‘shimcha ilmiy rahbar, deb e’tirof etilishini aytib, uning ilmiy ishlarini tayyorlab berish va ilmiy unvon olishiga ko‘maklashishini bildirgan. Bu «xizmat»larni institut tayanch doktorantini «rozi» qilish orqali amalga oshirishini aytib, evaziga 1000 AQSh dollari berishini so‘ragan. F.A. institut prorektori M.S.ga joriy yilning yanvar oyida 1150 AQSh dollari bergan. Biroq, oradan vaqt o‘tishiga qaramay, F.A.ga prorektor tomonidan hech qanday ko‘mak bo‘lmagan va u holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

F.A. o‘zi tomonidan berilgan mablag‘ni M.S.dan qaytarib olish uchun bir necha bor prorektorning o‘ziga bildirgan. Olgan katta miqdordagi mablag‘ini qaytarishni paysalga solgan prorektor joriy yilning 6 may kuni undan olgan porasidan 100 AQSh dollarini «ulush» sifatida qaytarayotganda, huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tergovga kadar tekshirishda, prorektor aybiga iqror bo‘lib, qolgan 900 AQSh dollarini ham ixtiyoriy ravishda qaytargan. Mazkur xolatda, Buxoro Davlat tibbiyot institutining ilmiy ishlari va innovatsiyalar buyicha prorektori M.S.ning hatti-harakatlarida firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni sunst’yemol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish va pora berishga dalolat qilish jinoyati alomatlari mavjudligi aniqlangan.

 Prorektorga nisbatan  O‘zbekiston respublikasi jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik) hamda 211-(Pora berish)  moddalarining turli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergovga tegishliligi masalasini hal qilishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Qalbakilashtirilgan xalqaro til sertifikati

Soxta tayanch doktorantlariga asossiz to‘langan 254 million so‘mdan ortiq stipendiya.

Qayd etish joizki, mazkur institutda xuddi shunday holat joriy yilning mart oyida ham yuzaga kelgan. 

Ta’kidlanishicha, institutning 2023-2024 o‘quv yili uchun tayanch doktoranturasiga 30 nafardan ziyod talabgorning xalqaro til sertifikatlari va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilgani,  o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari sun’iy oshirilgani, ayrimlari tayanch doktoranturaga noqonuniy qabul qilingani, test sinovlarida qatnashmagani aniqlangan.

«Talabgorlarning tayanch doktoranturaga noqonuniy va asossiz qabul qilinishi oqibatida ularga joriy yilning yanvar-fevral oylarida jami 254 million 63 ming so‘mlik stipendiya pullari to‘lab berilgan va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan. Ayni kunlarda asossiz to‘langan stipendiyalar miqdori yana mavjudligi aniqlanmoqda»,-deydi huquq-tartibot organi vakili.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish ishlarida tibbiyot institutining tayanch doktoranturasiga noqonuniy qabul qilinganlik holatida mansab vakolatlarini suiste’mol qilish, hujjatlarning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanishda ifodalangan jinoyat alomatlari aniqlangan.  Mas’ul mutasaddilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish) hamda  228-(Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalarining turli bandlari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring