Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Propiskasizlar uy sotib olganda boj to‘lovlari aniq bo‘ldi

Propiskasizlar uy sotib olganda boj to‘lovlari aniq bo‘ldi

Foto: «Xalq so‘zi»

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandidagi (notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirgani uchun) «b1» kichik bandi tahrirlangan.

Ya’ni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mol-mulkni (ko‘chmas mol-mulkning qismini) oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, voz kechish shartnomalarini hamda ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga berishning boshqa usullarini tasdiqlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 3 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati 600 million so‘mdan kam bo‘lmagan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda shartnoma summasining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

«b2» kichik bandi yangi tahrirda — davlat boji to‘lab sotib olingan mol-mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida mol-mulkni oldi-sotdi, almashtirish va hadya qilish (mol-mulkni rafiqaga, ota-onaga, farzandlariga, nevaralariga, bobosiga, buvisiga, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillariga hadya qilish bulardan mustasno) shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Mazkur norma «Huquqiy axborot» telegram kanalida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring