Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Profilaktika inspektori fuqaro arizasini ko‘rib chiqmasa, jazolanadimi?

Profilaktika inspektori fuqaro arizasini ko‘rib chiqmasa, jazolanadimi?

Foto: IIV

«Qo‘shni uyga ijarachilar ko‘chib kelgan edi. Ularning uyiga tunda turli odamlar qatnayvergach hamda tungi vaqtda ham tinchimizni buzgani uchun ularni ogohlantirmoqchi bo‘lib, uch-to‘rt nafar qo‘shni chiqqandik. Bu holat janjalga aylanib ketdi. Profilaktika inspektoriga xabar berdik. Biroq u haligacha murojaatimizni hal qilmayapti. Profilaktika inspektori arizani ko‘rib chiqmasdan qoldirishi mumkinmi? Buning uchun javobgarlik bormi?»

Profilaktika inspektori jinoyat haqidagi arizangizni qabul qilib, qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilishi lozim. Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi Jinoyat kodeksining 2411-moddasida nazarda tutilgan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash, yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring