«O‘zbekneftgaz» aholini ogohlantirdi

Internetda «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan respublika aholisiga gaz sotish orqali mo‘may daromad topish imkoni berishga qaror qilingani haqida xabarlar tarqatilmoqda. «O‘zbekneftgaz» AJ bu xabarlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, internet foydalanuvchilarini aldash yo‘li orqali, 100 AQSh dollari miqdorida mablag‘ tikib, bir oyda 1400 AQSh dollargacha daromad topish mumkinligini aytib, yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar internet foydalanuvchilarni telefon raqami va plastik kartalaridan pul yechib olishga urinishmoqda.
Shuningdek, Facebook tarmog‘i orqali O‘zbekiston parlamenti va «O‘zbekneftgaz» AJ hamkorligida aholi daromadini oshirish, oddiy fuqarolarning farovonligini ta’minlash maqsadida maxsus dastur ishga tushirilganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, yolg‘on axborot tarqatilmoqda.
Ushbu yolg‘on videoda dasturda ishtirok etish uchun hech qanday bilim talab etilmasligi ta’kidlanib, oddiy odamlarning loyihada qatnashib, qanday mo‘may daromadga ega bo‘lganliklari haqidagi intervyulari ham e’lon qilingan.
«So‘nggi paytlarda «O‘zbekneftgaz» AJ nomidan foydalanib, turli xil ko‘rinishdagi yolg‘on xabarlar tarqatilishi ko‘p uchramoqda.
Ayniqsa, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida firibgarlikni ko‘zlab yaratilgan «bot»lardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, Instagram, Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on axborotlardan ogoh bo‘ling. Aldovlariga uchmang», deya ogohlantiradi kompaniya.
«O‘zbekneftgaz» AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlarni www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali olish mumkinligi eslatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter