Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekistonlik manyak» umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

«O‘zbekistonlik manyak» umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Besh nafar ayolning qotilligida ablanayotgan B.Matyoqubovga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlangani haqida xabar bergandik.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning yanvaridan aprel oyiga qadar B.Matyoqubov Moskva shahri va oblastida ovloq joylar va parklarda ayollarni ortidan kuzatib, davomli qotilliklar sodir etgan.

Moskva shahar sudi Baxtiyor Matyoqubovga umrbod qamoq jazosini tayinladi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Ammo sud hukmi hali qonuniy kuchga kirgani yo‘q, ayblanuvchi tomonida hukm ustidan shikoyat berish uchun 10 kun muhlat bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring