O‘zbekistonga vizasiz kiradigan davlatlarga o‘zbekistonliklar ham vizasiz bora oladimi?

«Yaqinda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Shu farmonga ko‘ra biz ham ro‘yxatda keltirilgan davlatlarga vizasiz kirishimiz mumkinmi?»
«O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra yettita davlat uchun O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, farmonga ko‘ra O‘zbekistonda xorij fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan 39 mamlakat ro‘yxati ham e’lon qilingan.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, xorijga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarga bu tartib amal qilmaydi. Chet davlatga kirish o‘sha davlat qonunchiligi asosida belgilanadi. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha yuqoridagi farmonda keltirilgan vizasiz kirish va turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi faqatgina xorij fuqarolari uchun tegishlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter