Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi oshib bormoqda

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi oshib bormoqda

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida asta-sekin noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining darajasi oshib bormoqda. Masalan, Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 10,4 foizga, Qarshida esa, 10,9 foizga yetdi.

Bu holat ushbu masalada hokimiyat tomonidan nazorat yetarli emasligini ko‘rsatadi. Natijada noqonuniy sigaret bozori ulushining ortishi xatari katta ekanini anglatadi.

Bundan tashqari, joriy vaziyat mamlakatimiz iqtisodiyotiga qattiq zarba beradi. Hozirda noqonuniy sigaret savdosi tufayli O‘zbekiston davlat budjeti 390,6 mlrd. so‘m soliq tushumlarini olmadi.

Afsuski kontrabanda – tobora ko‘proq ko‘zga tashlanayotgan holat. Mamlakatimiz bozorlari va do‘konlari bo‘ylab kezilsa, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, sifati tushunarsiz tovarlar ko‘plab topiladi. Holbuki, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan muntazam ravishda katta partiyalarda kontrafakt dorilar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar musodara qilinmoqda.

Shundan xulosa qilish mumkinki, kontrabanda – bu tizimli muammo. Va uni yurtimizga olib kirilgan tovarni musodara qilish yo‘li bilangina emas, balki mamlakatimiz hududiga kontrabanda mahsuloti kirib kelishining oldini olish choralarini takomillashtirish yo‘li bilan ham hal etish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring