Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltiariq tug‘uruqxonasida 30 yoshli ayol vafot etdi

Oltiariq tug‘uruqxonasida 30 yoshli ayol vafot etdi

Oltiariq tumani Markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida o‘ttiz yoshli ayol vafot etgani ortida prokuratura tekshiruv ishlari boshladi. Bu haqda Xabar.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, D. Dilnoza shu yilning 20 may kuni soat 08:30larda o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan (bu ayolning uchinchi farzandi).

Shundan so‘ng ayolda tug‘ruqdan keyingi qon ketish kuzatilganligi sababli shifokorlar tomonidan bachadon ekstirpatsiyasi (olib tashlash) operatsiyasiga olingan.

Operatsiyadan so‘ng ayol jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 21 may kuni kechasi vafot etgan.

Ayolning o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud tibbiy, shifokorlarni xatti-harakatlariga baho berish uchun sudga oid komissiyaviy ekspertizalar tayinlangan. Shuningdek, xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari Oltiariq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring