Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ikkita qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ikkita qonunni qabul qildi

Foto: Xabar.uz

Deputat Rasul Kusherbayev o‘z telegram-kanalida ma’lum qilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlar qabul qilindi:

«O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, Senatga yuborildi;

«O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring