Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Notariusdan 38 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Notariusdan 38 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

2021-yil 7-may kuni Samarqand viloyati IIBga, Qattaqo‘rg‘on shahrida notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatda aytilishicha, Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi Sh. ismli shaxs 2020-yil sentyabr oyidan buyon uni fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy oldi-sotti shartnomasini noqonuniy rasmiylashtirganligini ro‘kach qilib, jinoiy javobgarlikka torttirib, qamatib yuborish bilan qo‘rqitib kelayotganligini, 38 000 AQSh dollari evaziga tergov organiga borib aybi yo‘qligini yozib berib, tinch qo‘yishini aytib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotganligini bildirgan.

Arizaga asosan, o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, Kattaqo‘rg‘on shahar kadastr xodimlarining noqonuniy harakatlari bo‘yicha jinoyat ishi mavjudligi, jinoyat ishi yuzasidan xususiy notariusning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur arizaga asosan, 7-may kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida tezkor tadbir o‘tkazilib, Kattaqo‘rg‘on tumani Baland Chordara MFYda yashovchi M.Sh. ariza muallifidan 33 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring