Notarius lavozimlariga tanlov to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2018 yilning 21-22- dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab, Toshkent Davlat yuridik universiteti binosida vakant notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tanlov jarayonlari internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Avvalroq, 21-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi, 22-dekabr kuni esa Andijon va Samarqand viloyatlardagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter