Niderlandiyadan «sovg‘a». Toshkentlik fuqaroga yuborilgan odamcha shaklidagi giyohvand moddasi fosh etildi
![Niderlandiyadan «sovg‘a». Toshkentlik fuqaroga yuborilgan odamcha shaklidagi giyohvand moddasi fosh etildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3961194986.jpg)
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Bosh pochtampt» TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda pochta jo‘natmasi ichida deklaratsiyalanmagan to‘q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi.
![](http://static.xabar.uz/uploads/1/720__26TxEDnbgGN6NVNW5HxgPNqOpvDt9V6T.jpg)
Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazildi va ular sof og‘irligi 140,63 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter