Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft bazasidagi kamomad aniqlandi, tegishli hujjatlar prokuraturaga taqdim etildi

Neft bazasidagi kamomad aniqlandi, tegishli hujjatlar prokuraturaga taqdim etildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan «Ishchi guruh» tomonidan «Taxiatosh neft bazasi» MChJga qarashli Ellikqal’a filialining 51-sonli «Chayka» va 25-sonli «Qirqqiz» FYoTShlarida o‘rganish olib borildi hamda neft mahsulotlarining kamomadi aniqlandi.

Olib borilgan ichki tekshiruv natijasida, Filialning 51-sonli «Chayka» va 25-sonli «Qirqqiz» FYoTShlaridagi neft mahsulotlarining 2020 yil 1 may holatiga haqiqiy qoldig‘i yuzasidan o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan jami 112 448,1 ming so‘mlik 15719 litr neft mahsulotlari kamomadi mavjudligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan kamomad bo‘yicha materiallar filial buxgalteriya bosh hisobchisi tomonidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasi (47.30-hisobdorlar bilan hisob kitoblar scheti) berilib, 51 va 25-sonli FYoTShlar moddiy javobgar shaxslari filialdan jami 112 mln. 460 ming 966 so‘mga qarzdor qilib qo‘yilgan.

O‘rganish jarayonida filialga qarashli 51-sonli «Chayka» va 25-sonli «Qirqqiz» nomli FYoTShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlarini miqdor jihatidan to‘liq saqlanishini inventarizatsiyadan o‘tkazildi va natijada 51-sonli «Chayka» nomli FYoTShda SAYe-140 moyidan 485,0 ming so‘mlik 117 litr kamomad aniqlandi.

2020 yil 15 may holatidagi neft mahsulotlari qoldig‘ini inventarizatsiyadan o‘tkazish vaqtida, 51-sonli FYoTShda dizel yonilg‘isining haqiqiy qoldig‘i 6177 litrni tashkil qilgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi qoldig‘iga nisbatan 10862 litr kamomad mavjudligi va 25-sonli FYoTShda dizel yonilg‘isining haqiqiy qoldig‘i 3212 litrni tashkil qilgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi qoldig‘iga nisbatan 4299 litr kamomad mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu kamomadning kelib chiqish sababi FYoTShning katta operatori A.Ibragimovdan so‘ralganda, u o‘z tushuntirish xatida fermer xo‘jaliklariga dizel yonilg‘isini tegishli hujjatlarni umuman rasmiylashtirmasdan, neft mahsulotlarini iste’molchilarga tarqatish vedomostiga dizel yonilg‘isini olganligini tasdiqlovchi imzosini qo‘ydirmasdan berib yuborganligi aniqlandi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha ma’lum bo‘lgan neft mahsulotlarining kamomadi yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Prokuratura organlariga taqdim etildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring