Namanganda terroristik tashkilotlarga aloqadorlikda gumondor shaxslar ushlandi
Joriy yilning 7-yanvar kuni Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tadbir davomida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, ularning safiga qo‘shilish maqsadida qurolli to‘qnashuvlarni davom ettirayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirgan Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi bir nechta fuqarolar qo‘lga olindi.
Ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari hotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelayotganliklari ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter