MIBning Angren shahar bo‘limi boshlig‘iga jazo tayinlandi
Joriy yilning 14-aprel kuni Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi boshlig‘i M.Yusupovaga tegishli audio yozuvi tarqalgandi.
Mazkur audio MIB tomonidan o‘rganib chiqildi. Qayd etilishicha, M.Yusupova bo‘lim xodimlari uchun Telegram telegramm tarmog‘ida tashkil etilgan «Byuroning Angren shahar bo‘limi» nomli gruppasida «kunlik rejani 10 tadan kam bajargan xodimlar boshqarmaga borishi, ushbu rejani bajarmaganlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi» haqida haqoratli so‘zlar bilan audio yozuv yuborganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov quyidagilarni ma’lum qildi:
Joriy yilning 7-aprel kuni M.Yusupovaga Telegram tarmog‘i orqali faoliyat yo‘nalishdagi asosiy undiruvlarning biri bo‘lgan «Ayollar daftari», «Temir daftar» va «Yoshlar daftari» bo‘yicha undiruvlar kamaygani haqida qo‘l ostidagi xodimlar ma’lumot berishadi.
Ushbu yo‘nalishdagi undiruvlar har bir xodimlarga o‘rtacha 10 tagacha taqsimlangani, biroq ayrim xodimlar bu yo‘nalishdagi ishlarga mas’uliyatsiz bilan qarashi, qolgan xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga salbiy ta’siri etishini o‘ylab, jahli chiqib, ushbu Telegram telegram tarmog‘i orqali haqoratli so‘zlar bilan audio yozuv yuborgan.
M.Yusupova Byuro organlarida 2017-yildan, egallab turgan lavozimida 2018-yildan faoliyat ko‘rsatadi. Muqaddam sobiq Sud deparatmenti tizimida 20 yil davomida turli lavozimlarga faoliyat ko‘rsatgan.
«Biroq, uning bu jihatlari unga nisbatan qat’iy chora ko‘rishga to‘siq bo‘la olmaydi! Har qanday xodim yurish-turishi, odob-ahloq qoidalari, mehnat va ijro intizomiga rioya etishi lozim va bu qat’iy talab», – deydi F.Toshpo‘latov.
Shuningdek, audioyozuvdagi holatlar, Yusupovaning qo‘l ostidagi xodimlarga bo‘lgan munosabati va xodimlarning ishga bo‘lgan yondashuvi, mehnat qonunchiligi va nojo‘ya xatti-harakatlar tekshirilgan.
Olib borilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, bugun 16 aprel kuni M.Yusupovaning «Kasb odobnomasi» talablarini buzib, nomunosib xatti-harakat sodir etganligi sababli unga «hayfsan» intizomiy chorasi qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, MIB Angren shahar bo‘limida xizmat qilayotgan 7 nafar xodimning ishga bo‘lgan mas’uliyati va javobgarligini oshirish, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etib borishi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter