Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB: «Shunaqasi har kuni uchrasami, vuxx?!»

MIB: «Shunaqasi har kuni uchrasami, vuxx?!»

Foto:«Xabar.uz»

Oilaviy ajrimlar har kuni uchrashi mumkin. Ammo turmush darz ketgandan keyin farzand(lar) ta’minoti bilan bog‘liq masala bir zarbda hal etilganini kunda kuzatish qiyin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining A. V.dan V.K. foydasida  bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment, go‘dak uch yoshga to‘lguncha moddiy ta’minot undirish haqidagi sud hujjati  bittada va bir yo‘la ijro etildi. 

Majburiy ijro byurosining (MIB) Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrosi Sh. Sharafutdinov bilan bo‘lgan uzoq suhbatdan so‘ng A.V. hammasini (moddiy ta’minot va aliment) hisoblatdi - miqdor 429 mln. 387 ming  500 so‘m chiqdi.

- Bo‘ldi, to‘layman!

- Qanchasini?

- Hammasini!

A. V. hazillashmagan ekan: salkam 430 mln. so‘mni bittada to‘ladi.

Shu tariqa tomonlar (qarzdor va undiruvchi) bir-birining go‘riga g‘isht qalamay o‘z yo‘liga ketishdi. MIB xodimi ham ijro ishini tamomlar ekan, ich-ichda o‘ylagan bo‘lsa ajabmaski, shunaqsi har kuni uchrasami, vuxx!

Ijro ishi osonmasda, ayniqsa, alimentga oid ishlar mayda  bo‘lgani bilan turgan-bitgani g‘urbat.

Darvoqe, yuqorida masalaning moddiy tomonlari haqida gap ketdi. Ma’naviy tomoni  alohida mavzu. Va u boshqacha ohangda yoziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring