Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘cha bezorilari: Beruniyda ayollar kaltaklandi

Ko‘cha bezorilari: Beruniyda ayollar kaltaklandi

Videolavhadan skrinshot

22-yanvar kuni «YouTube»dagi «NUKUS ONLINE» kanali orqali ayol kishining bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangani holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 16-dekabr kuni soat 08:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani A.Qahhor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Rasul S. yaqin qarindoshlari bilan birga Beruniy tumani «Bunyodkor» MFYda 30 yoshli Venera M. va 39 yoshli Nasiba M.lar bilan o‘zaro janjallashib qolib, janjal davomida Rasul S. qo‘llari va oyoqlari bilan Venera M. va Nasiba M.larning boshi va tanasining turli joylariga urib, qasddan badaniga shikast yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Nasiba M.ga og‘irlik darajasi bo‘yicha «yengil» tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 30.12.2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, Rasul S. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran 2021-yilning 11-yanvar kuni soat 09:30 da Beruniy tumani «Shabboz» dehqon bozori orqa kirish darvozasi oldida, Venera M.ni boshining tepa qismiga qo‘l va oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, Rasul S. takroran o‘zining akasi Janibek S. va ukalari Jasur S. va Islom S. hamda onasi Dilbar A., opasi Nargiza S.lar bilan Beruniy tumani, «Shabboz» dehqon bozori orqa kirish darvozasi oldida Venera M. va uning opasi Nasiba M. hamda Anora M.larning bozordagi savdo rastasida turgan narsalarini sochib, stollarini sindirib, bu holatni video tasvirga olib turgan video kamerasini tayoq bilan sindirib, o‘zgalar mulkiga zarar yetkazgan.

Dastlabki tergov jarayonida, jinoyat ishi 19.01.2021-yilda JKning 109-moddasi 2-qismidan JKning 277-moddasi 3-qismi «a» bandiga (bezorilik) qayta malakalanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring