Kardiolog shifokor pora bilan ushlandi
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro G.X.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tezkor tadbirda Xonqa tumani markaziy poliklinikasi kardiolog shifokori Z.Q. yurak xastaligi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga fuqaro G.X.dan 200 AQSh dollari va 200 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Z.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter