Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berildi. Bu haqda IIV rasmiy saytining qidiruvdagi shaxslar bo‘limida e’lon paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Islom Ibrohimov Business Invest nomi bilan biznesga o‘rgatuvchi markaz ochib, tadbirkorlarga biznesni rivojlantirishni o‘rgatish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, YouTube’dagi sahifasi orqali turli motivatsion videolari bilan tanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter