Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishdan olingan hokimga mukofot puli yozildi

Ishdan olingan hokimga mukofot puli yozildi

Asaka tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, hokim vazifasi vaqtincha bajaruvchi Oybek Zaynobidinov tuman hokimligi xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyishga ilova qilingan xodimlar ro‘yxatida 27-sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgan Asaka tumani hokimi Mansurjon Alixonov ham bor.

Sobiq hokim va yana 49 nafar xodimlar «ish haqi fondi hisobidan 2022-yil III chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida hamda shtatlar jadvalida belgilangan moddiy rag‘batlantirish fondi hisobidan 45 foiz miqdorida mukofotlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Sh.Muminov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Mukofotlangan hokim 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yerni noqonuniy ajratgan. Ayni shu tumanda bir yarim yil (2021-2022–yillar) ichida yer bilan bog‘liq noqonuniy holatlar bo‘yicha 15 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring