Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instabloger 5 sutkaga qamaldi

Instabloger 5 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger S.S.ning odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘lgandi.

2022-yil 11-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida S. S. (2001-yilda tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra fuqaro N. U. ning Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘iga yozgan ariza yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida S. S. ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan o‘zining ishtirokidagi video va rasmlarni jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan joylashtirib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘lgan.

Sudning qarori bilan S. S. ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring