Hokim yordamchisi 2 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi qo‘lga olindi.
Marg‘ilon shahar Nadirmat mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan 0,5 sotix bo‘sh yer maydonini «Ye-auksion» platformasi orqali yutib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter