Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Shahrisabz tuman hokimining o‘rinbosari tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi manfaatida chiqarilgan sud qarori ijrosini ta’minlamaganligi uchun 2020 yil iyunda Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosida javobgarlikka tortilgan edi.

Shunga qaramasdan, tuman hokimi o‘rinbosari takroran qonunbuzilish holatini sodir etdi. Xususan, Biznes-ombudsmanga «Unumdor yer» fermer xo‘jaligi (fermer xo‘jaligining nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, ma’muriy sudning fermer xo‘jaligi manfaatiga chiqqan hal qiluv qarori ijrosini ta’minlashda amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha, Biznes-ombudsman tomonidan fermer xo‘jaligiga chiqarilgan sud qarorini qonunda belgilangan tartibda ijro qilish to‘g‘risida xulosa kiritildi. Xulosa tegishli tartibda ijro qilish uchun tuman hokimining o‘rinbosariga yo‘naltirilgan. Ammo ushbu hokim o‘rinbosari tomonidan fermer xo‘jaligi manfaatida chiqarilgan sud qarori ijrosini ta’minlash chorasi ko‘rilmagan.

Mazkur qonunbuzilish holati yuzasidan Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan hokim o‘rinbosariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining

2021 yil 23 fevraldagi qarori bilan hokim o‘rinbosari ma’muriy jazo chorasi sifatida takroran jarimaga tortildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring