Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haydovchilik guvohnomasi kerakmi? 15 kunda hal qilamiz!»

«Haydovchilik guvohnomasi kerakmi? 15 kunda hal qilamiz!»

Foto: Prokuratura departamenti

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroga 15 kun muddatda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan o‘rgatuvchi usta ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limlari o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «S.I.S.» MChJ avto maktabi o‘rgatuvchi ustasi Z.E. fuqaro A.ga boshqa avto maktabda ishlovchi tanishlari orqali «B, S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmasdan 15 kun muddat ichida olib berish evaziga 3,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring