Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ayolga tashlangan ikki shaxsga jazo tayinlandi

Farg‘onada ayolga tashlangan ikki shaxsga jazo tayinlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ayol va ikki erkak o‘rtasida yuz bergan janjal ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta erkak va ayol o‘rtasida janjal aks etgan video tarqalgan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni «102» qisqa raqamiga fuqaro Z.S. (ayol) murojaat qilgan. Ayol murojaatida Farg‘ona shahar markazida 3 nafar shaxs uni haqorat qilib, janjallashgani haqida xabar bergan. Ayolga tashlangan shaxslar kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar ekani ma’lum bo‘lgan. Jabrlanuvchining avtomobillarni tasvirga olayotgani ularning g‘azabini qo‘zg‘atgan.

Mazkur murojaat Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olingan va to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga taqdim qilingan.

Sud chiqargan qarorga ko‘ra, ikki nafar haydovchi MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida jarima solingan.

Huquqbuzarlik sodir qilgan haydovchilar ishidan pushaymonligini bildirib, bu holat boshqa qaytarilmasligiga va’da bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring