Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi sud ocherki, maqola, detektiv asar va hikoyalar uchun tanlov e’lon qilindi

Eng yaxshi sud ocherki, maqola, detektiv asar va hikoyalar uchun tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi va O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi hamkorligida nashr etiladigan «ODILLIK MEZONI» ilmiy-amaliy, huquqiy junali «SUD – ADOLAT UYIGA AYLANMOG‘I LOZIM!» mavzusida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlanadi:

  • 1-, 2-, 3-o‘rin – mamlakatimizda so‘nggi yillarda sud hokimiyati mustaqilligini amalda ta’minlash, sud organlari faoliyatini zamon talablari darajasida takomillashtirish bilan bog‘liq islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan maqolalar uchun;
  • Eng yaxshi sud ocherki, eng yaxshi detektiv asar, eng yaxshi sud faoliyati bilan bog‘liq hikoya uchun;

Tanlov g‘oliblari maxsus sovrin bilan taqdirlanadi.

Taqdim etiladigan materiallar qog‘ozga chiqarilgan holda: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasi 6-uyda joylashgan «Odillik mezoni» jurnali tahririyatiga, muallifning to‘liq ismi-sharifi, ish joyi va lavozimi, telefon raqami aniq ko‘rsatilgan holda yuborilish hamda elektron variantda Ye-mail: [email protected] pochta manziliga jo‘natilishi talab etiladi.

Tanlovda sudyalar, sud tizimi xodimlari, huqushunos olimlar, advokatlar, jurnalistlar va sud-huquq sohasiga qiziquvchi barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga taqdim etilgan maqolalarni 2020-yilning 1-oktyabridan 2021-yilning 1-iyuligacha qabul qiladi.

 Materiallar saralanib «Odillik mezoni» jurnalida chop etib boriladi.

Marhamat, ushbu tanlovda siz ham ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring