DXX Samarqandda davlatga zarar yetkazgan korxonani aniqladi
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, qaror talablariga zid ravishda, texnik shartda ko‘rsatilgan loyihadan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuri o‘tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan va ohak ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya»ning Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga 580 mln. so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter