Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX oltin quymalar bilan noqonuniy muomala qiluvchilarni ushladi

DXX oltin quymalar bilan noqonuniy muomala qiluvchilarni ushladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Dastlab Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs og‘irligi 672 gr. bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 y.t. zargarga 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

So‘ngra ushbu zargar buyurtmasiga ko‘ra, Olmaliq shahridan og‘irligi 613 gr. bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina Chust tumanida to‘xtatilib, ashyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1991 y.t., muqaddam sudlangan shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 1988 y.t. fuqaro bilan uchrashib, undan og‘irligi 250 gr. bo‘lgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. so‘mlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring