DXX ekologiya «boshlig‘i»ni qo‘lga oldi

2021-yil 15-fevral kuni fuqaro S. Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, Pastdarg‘om tumani hududidagi Samarqand viloyat Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli, ijarada ishlatib kelayotgan 1 gektarli yer maydonida ekilgan 158 tup «tol» daraxtini kallaklash uchun ruxsatnoma berish evaziga, o‘zini Pastdarg‘om tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan shaxs undan 4 million so‘m pul talab qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur arizaga asosan 2021-yil 15-fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini tuman Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan Pastdarg‘om tumani ekologiya xodimi A.X. ariza muallifidan 4 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter