Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat Kusherbayev boshida qora bulut aylanyaptimi?

Deputat Kusherbayev boshida qora bulut aylanyaptimi?

Foto: Xabar.uz

«Ezgulik» jamiyati rahbari A.Tashanov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev boshida qora bulutlar aylanayotganiga ishora qildi.

Uning advokat Umid Davlatovga tayanib yozishicha, ayni paytda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida mulkni talon-toroj qilish gumoni bilan bir necha tadbirkor 3 oydan beri ushlab turilibdi. Shunga qaramay, ularga haligacha tayinli ayblov e’lon qilinganicha yo‘q.

Aytishicha, 2017 yilda tadbirkorlik sub’yektini tashkil qilish chog‘ida O‘zbekiston Oliy Majlisining deputati Rasul Kusherbayev ularga huquqiy ko‘mak bergan. Endi tadbirkorlar mazkur «shag‘al biznesi asli Kusherbayevniki» ekanini aytishsa bo‘ldi, «hammasi joyida bo‘lar» ekan.

«Xullas, bu odamlar bilan gaplashsangiz, Kusherbayevning osmoniga to‘planayotgan qora bulutlarni shundoqqina o‘zingiz ko‘rasiz, – deydi post muallifi va qo‘shimcha qiladiki, –  bu yigitni (ya’ni, Rasul Kusherbayevni) hayotda ko‘rmaganman, muloqotda ham bo‘lmaganman. Uning chiqishlarini, qonunchilikka sharhlarini kuzatib hurmatim oshgan. Avtomobillar farasini yoqib yurish «islohot»ini sindirganidan tortib, «snos»lar epidemiyasiga qarshi kurashini bilaman, xolos».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring