Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida nimalar taqiqlanadi?
O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida ayrim xatti-harakatlar cheklangan. Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida shu haqda ma’lumot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida quyidagilar taqiqlanadi:
— chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga olish;
— davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa aloqa vositalardan foydalanish;
— davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etish;
— o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;
— o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter