«Chiqish»da oson bo‘lsa, «kirish»da...
![«Chiqish»da oson bo‘lsa, «kirish»da...](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_198077150.jpg)
Huquqiy cheklov choralari qo‘llanmagan fuqaroning chetga chiqishida muammo bormi? Albatta, yo‘q. Faqat belgilangan tartibga binoan hujjat rasmiylashtirsa, kifoya, u yog‘iga — oq yo‘l: oy borib, omon keling!
Bilasiz, mamlakatimiz fuqarolarning xorijga chiqishi masalasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi, bu jarayondagi ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berilmoqda. Shunga qaramay, tegishli tartiblardan «sakrab o‘tib», chetga chiqayotganlar uchrab turibdi-da. Xuddiki, shahar bedarvozadek.
Botir Bo‘riyev (ismi-sharifi o‘zgartirildi) chetga chiqishning «oson yo‘li»ni topgandek edi go‘yo. Ya’niki, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirmasdan, avvaliga Ukrainaga uchdi, u yerdan Turkiyaga. Bor-yo‘g‘i to‘qqiz kunlik safari yurtga qaytgach, o‘ziga qimmatga tushishini bilmasmidi?!
Xullas, u «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishidagi NU-272-sonli aviareys bilan uchib kelgach, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chegara nazorati divizioni xodimlari tomonidan to‘xtatildi: okasi, chetga qonunga xilof ravishda chiqibsiz-ku?! Buning oqibati nima bo‘lishini bilasizmi?
Natijada unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirildi.
O‘qilgan qonuniy hukmdan tegishli xulosa chiqarib olsa kerak. Yana qaydam...
J.Najimov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter