Hokimlik binosida qotillik sodir bo‘ldi

Buxoro viloyatining Peshku tumani hokimligi binosi hovlisida 13-iyun kuni qotillik yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni fuqaro F.U. o‘zaro janjal oqibatida tanishi, Kogon shahrida yashagan, «Qizil yarim oy jamiyati» Peshku tuman bo‘limi boshlig‘i G.A. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
G.A. voqea joyida halok bo‘ldi. Qotil qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter