Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ayol umumiy mulkdan o‘z ulushini sud orqali oldi

Buxoroda ayol umumiy mulkdan o‘z ulushini sud orqali oldi

Buxoroda o‘n yil yashab, turmushidan ajralgan ayol umumiy topilgan mulkdan o‘z ulushini oldi.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, Buxoro shahrilik L.Sh. hamda A.U. o‘rtasidagi nikoh 2014-yilning dekabr oyida bekor qilingan. Bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘idan aliment undirish uchun sudga murojaat qilgan ayol arizasi qanoatlantirilgan. 

Qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida undiruvchi foydasiga aliment undirish belgilangan. Bundan tashqari, birgalikdagi turmushi davomida orttirilgan xususiy uy-joydan foydalanish, tasarruf etish va egalik qilish bilan bog‘liq nizolar to‘g‘risidagi da’vosi ham ko‘rib chiqilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining joriy yilning yanvar oyidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdordan undiruvchi foydasiga umumiy mol-mulk hisoblagan uy-joy hisobidan 169.205.693 so‘m undiruv belgilangan. A.U. ushbu miqdordagi mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lab berishga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring